Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qashqadaryoda yana maktab o‘quvchisi o‘z joniga qasd qildi
7.05.2022 17:12,  
166

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanining 16-maktab o‘quvchisi o‘z joniga qasd qildi. Voqea haqida xabar bergan "Nasafnews" muxbirining aytishicha,  voqea joriy yilning 5 may kuni sodir bo‘lgan. 

Maktabning 9-D sinfida o‘quvchisi E.Q.(qiz bola) darsdan so‘ng uyiga borib, arqon bilan o‘zini osib, joniga qasd qilgan va vafot etgan.

Qo‘shimcha qilinishicha, qiz 2006 yil tug‘ilgan. Voqeadan avval o‘qituvchilardan biri uni telefondan foydalangani uchun tergagan va dars vaqtida telefon ishlatish mumkin emasligini aytgan. 

Holat yuzasidan hozirda Qamashi tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nishon tumanidagi o‘quvchi qizlar o‘z joniga qasd qilgani xabar qilingandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан