Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qashqadaryoda YPX xodimlariga kuniga 20 ta bayonnoma tuzish majburiyati yuklangani aytilmoqda
10.01.2022 15:14,  
153

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati IIB YHXB boshlig‘ining o‘rinbosari inspektorlardan kuniga 20 ta ma’muriy bayonnoma tuzish yuklamasi aytilgan audio tarqaldi. IIV YHXBBning ma’lum qilishicha, holat yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan.

NasafNews nashri Qashqadaryo viloyati IIB YHXB boshlig‘ining o‘rinbosari Shahriddin Qo‘shoqov va navbatchi E.Alimov tomonidan YPX xodimlari kun davomida 20 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirishi zarurligi aytilgan murojaatni e’lon qildi.

«Inspektorlarga yarim tunda, navbatchilik qilish bilan birga, uyma-uy yurib qarzdorlik undirish vazifasi ham yuklanmoqda. Har birimiz bir kunda 20 ta bayonnoma tuzmasak, rahbariyat kech soat 23:00 da ‘razbor’ qiladi. Biz ham odam. Bizda ham oila bor. Uyimizga, bolalarimiz oldiga borgimiz keladi. Lekin qo‘yilgan yuklamalarni bajaraman deb, uyga yarim tun soat 3 va 4 ga kirib kelamiz», — deydi inspektorlardan biri.

Ma’lum bo‘lishicha, topshiriqlar, asosan, Qashqadaryo viloyati yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Shahriddin Qo‘shoqov tomonidan beriladi.

«Biz Qashqadaryo viloyati YHXB bir guruh inspektorlari tomonidan murojaat qilishga majbur bo‘ldik. Boshliq o‘rinbosari Sh.Qo‘shoqov tomonidan bizga har kun ‘20 ta bayonnoma yozasan, mast haydovchi ushlaysan’ deb yuklama qo‘yilmoqda. O‘zingiz bilasiz, bizda alkotester yo‘q. Hozir pandemiya vaqti bo‘lsa, biror-bir kasal yuqtirib olsak, nima bo‘ladi? Mana, hozir tungi soat 22:58, dam olish kuni, hali javob bo‘lgani yo‘q», — deya qo‘shimcha qilgan yana bir inspektor.

Ta’kidlanishicha, inspektorlarga berilayotgan 10 foiz bayonnoma puli ham to‘xtatib qo‘yilgan, xizmat avtomashinalariga benzin berilmayapti.

E’lon qilingan audioda Sh.Qo‘shoqov viloyat prokurori rahbarligi ostida yig‘ilish o‘tkazilganini, jarimalar yig‘ish bo‘yicha YPX xodimlariga topshiriq bo‘lgani, ko‘proq bayonnoma rasmiylashtirish kerakligini aytgan. Yana bir audioda esa uyma-uy yurib, qarzdorlikni yig‘ish vazifasi qo‘yiladi. Bundan tashqari, bir kunda 20 ta bayonnoma tuzmagan xodim jazolanishi eslatiladi.

IIV YHXBBning ta’kidlashicha, ushbu xabar yuzasidan IIV JXD YHXX tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilishi belgilangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан