Qashqadaryoda yuz bergan YTH oqibatida haydovchi va yo‘lovchi halok bo‘ldi

Qashqadaryoda yuz bergan YTH oqibatida haydovchi va yo‘lovchi halok bo‘ldi

2019 yil 27 yanvar kuni Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida yashagan A.R. boshqaruvidagi «VAZ-2101» rusumli avtomashinasini «G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beynau» yo‘lining 44-km.da haydab ketayotib, boshqaruvni eplay olmay yo‘lni ikkiga ajratib turuvchi beton to‘siqqa urilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Natijada haydovchi va uning yo‘lovchisi Sh.R.lar jarohat olib kasalxonaga yotqizilganlar va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay shu yerda vafot etganlar. Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.