Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qashqadaryodagi barcha kasb-hunar markazlari “O‘zbekneftgaz” AJ tizimiga biriktiriladi (Foto)
11.10.2021 16:20,  
83

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev saylovchilar bilan uchrashish hamda davlat rahbari sifatida bunyodkorlik ishlari bilan tanishish maqsadida Qashqadaryo viloyatiga keldi.

Qashqadaryoda ishsizlar va yoshlarni kasb-hunarga o‘qitishning mutlaqo yangi tizimi joriy etiladi. Bu haqda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi. Bu haqda kun.uz sayti ma’lum qildi.

“Men “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev bilan batafsil gaplashdim. Qashqadaryoda bu jamiyat ishtirokida yangicha tizim yo‘lga qo‘yamiz.

Bunda neft va gaz sohasining viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan 5 ta yirik korxona mutaxassislari tajribasidan foydalanamiz. Endi, hududdagi barcha kasb-hunar markazlari ikkita eng yirik bo‘lgan Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi va Muborak gazni qayta ishlash zavodiga biriktiriladi.

Bu degani, shu korxona mutaxassislari talab yuqori bo‘lgan mutaxassislarni viloyat bo‘yicha tayyorlash rejalarini belgilaydi, o‘quv dasturlar va metodikasini amaliyotdan kelib chiqib, qayta ko‘rib chiqadi, har bir yosh o‘quvchi o‘qish jarayonida o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha amaliyot o‘tishini tashkil etadi.

Yangi ochilgan monomarkazda IT, murakkab uskuna operatori va boshqa yuqori texnologik mutaxassisliklar o‘rgatiladi. Shuningdek, har bir tumanda kamida beshtadan, jami viloyatda 90 ta kasbga o‘qitish maskanlarida tumanning ixtisosligidan kelib chiqib, yoshlar va ishsizlar kasbga bepul o‘qitiladi.

Shu tizim orqali, kelgusi besh yilda 150 mingdan ziyod ishsizlar va yoshlar tadbirkorlik va kasb-hunarga o‘qitiladi. Bundan tashqari, Shahrisabz, Kitob, Kasbi hamda Qarshi shahrida hunarmandchilik markazlari qurilib, 15 mingdan ziyod yoshlar shogirdlikka olinadi”, dedi prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан