Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qashqadaryodagi qamoqxonada 19 yoshli yigit o‘z joniga qasd qilgani aytilmoqda
23.08.2021 09:00,  
682

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi Shayxali qo‘rg‘onchasida joylashgan qamoqxonada 19 yoshli yigit o‘z joniga qasd qilgani aytilmoqda. Bu haqda huquq himoyachisi Abdurahmon Tashanov xabar e’lon qildi — deya ma’lum qilmoqda "Nasafnews.uz" nashri.

«Qarshi yaqinidagi Shayxali posyolkasi 35-sonli manzil koloniyada 19 yashar mahkum J. D. o‘z joniga qasd qilibdi. Hayratlanarlisi, uning lezviya bilan tomirlarini ochayotganini qamoqxona xodimlari shaxsiy telefoniga videoga olib turgan. Ustidan kulib, izza qilishgan.

So‘ng yigitni izolyatorga qamashibdi, zonaga qaytarishmoqchi ekan. Bu hodisadan Qashqadaryo maxsus prokurorining g‘azabi qo‘zg‘ab, xodimlarga ish qo‘zg‘atgan. Tergov harakatlari boshlandi, Ombudsmanning mahalliy vakillari ham keldi, dedi voqea guvohlaridan biri», – deb yozmoqda Abdurahmon Tashanov.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан