Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qashqadaryodagi qamoqxonada mahkum vafot etdi. "Sir"li holatni Senat nazoratga oldi
27.04.2021 21:41,  
1586

Shu kunlarda internetda “Qashqadaryodagi qamoqxonada mahkum vafot etdi. U chindan ham o‘zini osganmi?” sarlavhali xabar tarqaldi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur xabarda Qashqadaryoda jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlardan biri o‘zi tug‘ilib o‘sgan Namangan viloyatidagi manzilli koloniyaga o‘tkazilishi arafasida shu yilning 28 mart kuni Qashqadaryo viloyat IIB Jazoni ijro etish bo‘limi 2-son koloniyasi ishlab chiqarish korxonasining omborxonasi to‘siniga telefon kabeli bilan o‘zini osib, joniga qasd qilib vafot etgani va marhumning yaqinlari u o‘zini osgani haqidagi rasmiy izohga shubha bilan qarayotgani ta’kidlangan.

Marhumning onasi M.Botirovaning aytishicha Sh.A’zamov shu yilning 26 mart kuni jazo muddatini o‘tayotgan Qarshi shahri Shayxaliqo‘rg‘oni qamoqxonasida vafot etganligi bildirilgan.

Muassasa ma’muriyati o‘lim sababini “o‘z joniga qasd qilish” deb ko‘rsatgan. Ammo marhumning qarindoshlari va uning onasi tomonidan jasadni ko‘zdan kechirgandan so‘ng u o‘zini-o‘zi osganligiga shubha bilan qarab qaytadan ekspertiza qildirmoqchi bo‘lishganida, jasad oldin ekspertizadan o‘tganligi va ular qayta ekspertiza qilmasligini aytib rad javobini berishgan.

Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura va Ichki ishlar vazirligi xodimlari tomonidan berilgan ma’lumotlarda Qashqadaryo viloyati maxsus prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotganligini bildirgan.

Ushbu “sirli” holat senatorlarning e’tiboridan chetda qolmadi, deya xabar berdi Senat Axborot xizmati.

Shu bois Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligidan mazkur holatni nazoratga olish va puxta o‘rganib chiqish hamda natijasi yuzasidan rasmiy bayonot berishni so‘raydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан