Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qalin qor yog‘ganligi tufayli «Taxtaqoracha» dovoni vaqtincha yopildi
13.12.2021 15:20,  
180

FVV Matbuot xizmatining xabar berishicha, bugun 13 dekabr kuni soat 14:00 dan Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lining “Taxtaqorcha” dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi.

Qayd etilishicha, bunga M-39 avtomobil yo‘lining dovon qismida tinimsiz yoqqan qor oqibatida yo‘lning yuza qismida muzlamalar hosil bo‘lganligi asos qilib ko‘rsatilmoqda.

“Ayni daqiqalarda FVV rahbarligida tegishli tashkilotlarning mutaxassislari tomonidan vaziyat oqibatlarini bartaraf etish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Hozirda “Taxtaqorcha" dovonini qayta ochilishi kutilmoqda. Bu haqda FVV Matbuot xizmati qo‘shimcha ma’lumot taqdim etadi”, - deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан