Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘quvchini savalaydigan adib yoxud “Qatlnoma” muallifi payg‘ambar yoshida
7.11.2019 20:45,  
716

Bugun o‘zbek adabiyotida shaffof realizm uslubini o‘zbek adabiyotiga olib kirgan yozuvchi Nabijon Boqiyning tug‘ilgan kuni.

Nabijon Boqiy 90 yillar o‘zbek jurnalistikasida ham nomini qoldirgan - mahoratli jurnalistlardan biri hisoblanadi.

Nabijon Boqiy 90 yillar atrofida KGB arxivlari asosida "Qatlnoma" hujjatli romani bilan tanilgan.

Keyinchalik, hujjatli-surishtiruv asosida Turkiston ozodligi uchun Turkiyadan kelgan Anvar Poshsho haqida roman yozdi. Anvar Poshsho yurgan, jang qilgan joylarni kezgan. O‘tkan asrning 20 yillari voqealarini ko‘zi bilan ko‘rgan tirik guvohlar bilan uchrashib suhbatlashgan, o‘sha davr ruhining taftini asarlariga singdirgan.

Nabijon Boqiy asarlari odobli o‘zbek o‘quvchisini illyuziyalardan qutulishiga yordam beradi.

Matn o‘quvchini tinmay savalaydi, ammo yomonlik istamaydi, o‘quvchi jinini yuzaga chiqarib, uning qiliqlarini ko‘rsatadi.

Nabijon Boqiy asarlari yevropadagi, ayniqsa, so‘nggi yillardagi fransuz filmlariga o‘xshash-go‘yo yengil yumorga singdirilgan kadrlarni eslatadi.

Murod Chovush

Nabijon Boqiy 1956 yil 7 noyabrda Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanidagi Chuvalanchi qishlog‘ida tug‘ilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan (1984). «Bir muhabbat qissasi» (1990), «Qatlnoma» (1992), «Gulzamira» (1994), «Chingiz afandiga maktublar» (2004), «Anvar poshoning vasiyati» (Istanbul, 2006) kabi qissalari chop etilgan. Sadriddin Ayniyning «Sudxo‘rning o‘limi» qissasi asosida 10 qismdan iborat kinoqissa yozgan (2007).«Shuhrat» medali bilan taqdirlangan (1996).

Nabijon Boqiy hozir faol ijod bilan shug‘ullanmoqda. Yaqinda xorazmlik nemislar haqidagi asari nashr etiladi. Shuningdek, Hamza haqidagi tarixiy romani ustida ishlamoqda

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан