Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qator davlat ko‘chmas mulk ob’yektlari, gazeta va jurnallar xususiy sektorga sotiladi
28.10.2020 10:46,  
211

“Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan:

- Transformatsiya qilinadigan yirik davlat korxonalari va xo‘jalik birlashmalari ro‘yxati;

- Korporativ boshqaruv va moliyaviy audit joriy etiladigan, operatsion samaradorligi oshiriladigan davlat ishtirokidagi korxonalar ro‘yxati;

- Xususiylashtirishdan oldin tayyorlash va investitsiyaviy jozibadorligini oshirishning manzilli dasturlari orqali ommaviy savdolarga chiqariladigan davlat aktivlari ro‘yxati;

- Davlat aksiya paketlari (ulushlari) to‘lig‘icha ommaviy savdolar orqali xususiy sektorga sotiladigan korxonalar ro‘yxati;

- Xususiy sektorga sotiladigan davlat ko‘chmas mulki ob’yektlari ro‘yxati tasdiqlandi.

Farmonga ko‘ra, 32 ta yirik davlat korxonalari va xo‘jalik birlashmalari transformatsiya qilinadi. 15 ta davlat ko‘chmas mulk ob’yektlari xususiy sektorga sotiladi.

Shuningdek, Farmon bilan:

- 274 ta davlat ulushlari bor korxona;

- 109 ta gazeta, nashriyot va jurnallar;

- 26 ta axborot texnologiyalari korxonalari va kompyuter xizmatlari ko‘rsatish markazlari; 

- 27 ta xususiy sektor rivojlangan sohadagi tibbiyot muassasalari;

- 12 ta yog‘-moy sanoati korxonalari;

- 31 ta vinochilik tarmog‘i va sharob savdo korxonalari to‘liqligicha ommaviy savdolar orqali xususiy sektorga sotilishi belgilandi.

Davlat aktivlarini sotib oluvchilar to‘lovlarni qonunchilikda belgilangan tartibda bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti asosida amalga oshirishi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан