Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qator musulmon mamlakatlar fransuz tovarlariga boykot e’lon qildi
26.10.2020 11:22,  
1884

Fransiya prezidenti Emmanuyel Makronning Muhammad (s.a.v.) payg‘ambarning "karikaturalaridan voz kechmaslik" haqidagi va’dasidan keyin bir qator musulmon davlatlari fransuz tovarlariga boykot e’lon qildi.

Qatar, Kuvayt va Iordaniyada fransuz ishlab chiqaruvchilarining mahsulotlarini sotib olmaslik haqidagi chaqiriqlar eshitilmoqda. Karikaturalarning nashr etilishi Turkiya va Eron tomonidan qoralandi.

Musulmon davlatlarni birlashtirgan Islom hamkorlik tashkiloti "ba’zi fransuz rahbarlarining Fransiyaning musulmon davlatlari bilan munosabatlariga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan bayonotlari" dan afsusda ekanligini bildirdi.

23 oktyabr juma kunidan boshlab ijtimoiy tarmoqlarda frantsuz tovarlarini boykot qilishga chaqiriqlar ko‘paygan. Qatarda Al-Meera va Souq al-Baladi fransuz mahsulotlarini do‘konlardan qo‘shimcha ogohlantirishgacha "chaqirib olishlarini" e’lon qilishdi. Qatar universiteti "Islom va uning ramzlariga qarshi qasddan qilingan hujum" ortidan Fransiya madaniyati haftaligi keyinga qoldirilishini e’lon qildi.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda Kuvaytning bir nechta do‘konlaridan fransuz pishloqlari olib tashlangani tasvirlangan rasmlar tarqaldi. Kuvayt kooperativlar federatsiyasi vitse-prezidenti Xolid al-Otaibining so‘zlariga ko‘ra, mamlakatning 60 ga yaqin yirik distribyutorlari fransuz mahsulotlariga boykot e’lon qilishgan. Bundan tashqari, Kuvayt sayyohlik agentliklari federatsiyasi rahbari Muhammad al-Motayri 430 sayyohlik agentligi ham Fransiyaga parvozlarni to‘xtatganini ma’lum qildi.

Fransiya tashqi ishlar vazirligi, o‘z navbatida, fransuz mahsulotlarini boykot qilishga chaqirish befoyda va zudlik bilan to‘xtatilishi kerakligi haqida bayonot berdi.

Fransiya TIV vakilining ta’kidlashicha, bu chaqiriqlar Fransiya himoya qiladigan pozitsiyani buzadi, vijdon erkinligi, so‘z erkinligi, din erkinligi va nafratga bo‘lgan har qanday chaqiriqlardan bosh tortishni qo‘llab-quvvatlaydi, deb yozadi RIA Novosti.

Emmanuyel Makronning o‘zi bir qator xorijiy davlatlarning tanqidlari fonida Fransiya erkinlik, tenglik va birodarlik g‘oyalarini himoya qilishda davom etishini va nafrat tarqalishini qabul qilmasligini aytdi.

"Biz erkinlikni qadrlaymiz, tenglikni kafolatlaymiz, birodarlikda hayot kechiramiz. Hech narsa hech qachon bizni chekinishga majbur qilmaydi. Bizning hikoyamiz zulm va fanatizmning har xil turlariga qarshi kurashdir. Biz davom etamiz", - deb yozdi Fransiya rahbari.

Prezidentning ta’kidlashicha, Fransiya fikrlar farqiga "tinchlik bilan birga yashash ruhida" munosabatda bo‘ladi.

"Biz hech qachon nafrat ritorikasi bilan rozi bo‘lmaymiz va oqilona bahslarni himoya qilamiz. Biz davom etamiz. Biz har doim inson qadr-qimmati va insoniy qadriyatlar tomonida bo‘lamiz", - dedi Makron.

Makron Fransiya Musulmonlari Kengashi bilan birgalikda mamlakatda "ma’rifatli Islom" ni qurishda yordam beradigan tashkilotni yaratish zarurligi g‘oyasini ham bildirdi. Unga ko‘ra, "Fransiyadagi islomni chet el ta’siridan ozod qilish va masjidlarni moliyalashtirish ustidan nazoratni kuchaytirish" zarur.

Bunga javoban Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an "ma’rifatli islom" g‘oyasini ilgari surgan fransuz hamkasbi "ruhiyatini davolashi" kerakligini aytdi. Pokiston Bosh vaziri Imron Xon Makronni "Islomga hujum qilishda" va dunyodagi musulmon dindorlarning hissiyotlarini xafa qilishda aybladi.

Fransuz tovarlariga boykot e’lon qilish chaqirig‘i uznetda ham shu kunda keng muhokama qilinayotgan mavzulardan biriga aylandi. Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning yanvar-avgust oylarida Fransiya va O‘zbekiston o‘rtasida 169 million dollarlik tashqi savdo aloqalari amalga oshirilgan. Fransuzlardan to‘g‘ridan to‘g‘ri $89,6 mlnlik tovar va xizmatlar sotib olingan. Fransiya O‘zbekistonning 20 ta yirik tashqi savdo hamkorlaridan biri sanaladi (19 o‘rinda).

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан