Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qator qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish rejalashtirilmoqda
11.11.2020 12:44,  
196

“Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunga 21-moddaning “Auditorlik tashkilotlarining professional jamoat birlashmalari” yangi tahriri taklif qilinmoqda. Unda a’zolik tartibi, rahbarlarning vazifalari, ularga talablar belgilanadi. 25-moddaga “Auditor malaka sertifikatini bekor qilish” o‘zgartirishlar kiritiladi. Ular sertifikatni bekor qilish asoslari va tartibini tartibga soladi.
 
Norma’ning yozishicha, “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunda 16-modda tibbiyot buyumlarni ishlab chiqarish va ulgurji realizatsiya qilish bo‘yicha, shuningdek oftalmologiya tibbiy buyumlarining chakana realizatsiyasi bo‘yicha faoliyatni litsenziyalashni bekor qilishga taalluqli 3 va 4-qismlar bilan to‘ldirilmoqda. Bundan tashqari, 21-1-moddani “Optika (oftalmologiya tibbiy buyumlarini realizatsiya qilish punkti)” kiritish taklif qilinmoqda.
 
“Rieltorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunda 3 va 4-moddalarga malaka sertifikatini olish, shuningdek professional jamoat birlashmalarini akkreditatsiyadan o‘tkazish bilan bog‘liq o‘zgartirishlar kiritish rejalashtirilmoqda. Ushbu qonunni 5-1-modda “Rieltor faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmalari” bilan to‘ldirish taklif qilinmoqda.
 
Shuningdek, “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi , “Markaziy bank to‘g‘risida”gi, “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunlarga, Soliq kodeksiga va boshqalarga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
 
Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан