Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qatorasiga uchinchi kun: Hindistonda jahon Covid-rekordi tinmay yangilanmoqda
24.04.2021 15:15,  
299

Hindistonda, uchinchi kundirki, koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha global antirekord qayd etilmoqda: bir sutkaning o‘zida 346 786 kishi kasallikni yuqtirib olgan, 2,6 mingdan ziyod bemor vafot etgan. Bu haqda «RIA Novosti» ushbu mamlakat SSVga asoslanib xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, Hindistonda 22 aprel kuni — 314 835 nafar, 23 aprelda — 332 730 nafar Covid-bemorlar aniqlangandi.

Eng og‘ir vaziyat Maxarashtra shtatida kuzatilyapti: sutka davomida qariyb 67 ming kishi koronavirus bilan kasallangan. Ushbu shtatda virusdan davolanayotganlar soni 693 ming nafardan oshadi.

Pandemiya avjiga chiqqan hududlar qatorida, shuningdek, Uttar Pradesh (bir sutkada 36 605 nafar bemor qayd etilgan), Kerala (28 447), Karnataka (26 962) shtatlari va Dehli shahri (24 331) bor.

Shu paytgacha Hindistonda 138 milliondan ziyod inson koronavirusga qarshi emlangan.

Hindiston COVID-19 qayd etilishi bo‘yicha jahonda AQSh (32,7 mln.)dan keyin ikkinchi o‘rinda turibdi — jami 16,6 mln. kishi kasallangan, vafot etganlar — 189 549 nafar, 2,5 mln.dan ziyod bemorlar davolanyapti.

Shu paytgacha jahonda koronavirus bilan kasallanish holatlari 1 milliondan oshgan mamlakatlar soni 25 taga yetgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан