Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qatortolda YPX va PPX xodimlari bilan janjallashgan shaxslarning 3 tasi qo‘lga olindi, yana biri qidiruvga berildi
9.01.2021 12:07,  
367

Toshkent shahri Qatortol ko‘chasida kaltak yegan PPX xodimi fuqaroga qarshi o‘qotar qurol ishlatmoqchi bo‘lgani haqida xabar berilgandi. IIV axborot xizmatining ma’lum qilishicha, YPX va PPX xodimlariga hujum qilgan shaxslarning 3 nafari qo‘lga olindi.

Ma’lum qilinishicha, 2020 yilning 31 dekabr kuni soat taxminan tonggi 04:00 larda jamoat tartibini saqlash hamda jinoyatchilikning oldini olish maqsadida post-patrul va yo‘l-patrul xizmati xodimlari Chilonzor tumani Muqimiy ko‘chasida xizmat avtomashinasida harakatlanayotgan vaqtida davlat raqami 01 M 624 KA bo‘lgan Matiz rusumli avtoulovning tashqi chiroqlarini yoqmasdan kelayotganini ko‘rib, ularni ovoz kuchaytirgich vositasi orqali ogohlantiradi.

«Sherigim, YPX xodimi ularni to‘xtatdi. Sherigim avtomobildan tushgan vaqtida ular YPX xodimini ko‘rib turib qarama-qarshi yo‘nalishda harakatini davom ettirdi», – deydi post-patrul xizmat xodimi.

«Aviakassa oldigacha qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlandik. Harakat vaqtida haydovchi boshqaruvni yo‘qotgani sabab mashina beton to‘siq ustiga chiqib qoldi. Shundan keyin Hojiakbar mashinadan tushib, DAN xodimi bilan urishib ketdi», – deydi ayblanuvchilardan biri.

Matiz avtomashinasi ichida bo‘lgan 4 nafar yigitdan 2 nafari PPX xodimiga tashlanib, uning bosh qismiga urib, so‘ngra o‘tkir tig‘li qurol, ya’ni pichoq bilan hujum qilgan.

«Bizda 55-buyurig‘imiz bor. Unga ko‘ra, qurolli hujum bo‘lganda uni qaytarish maqsadida qurol ishlatish huquqiga egamiz. Tartibbuzarlar yoshligi sabab qurol ishlatmadik, og‘zaki ogohlantirdik», – deydi PPX xodimi.

Hodisada ishtirok etgan YPX xodimining ta’kidlashicha, u fuqarolarni yoshligi va qo‘shimcha kuch yetib kelgani bois sherigini otish niyatidan qaytargan.

Qo‘shimcha qilinishicha, transport vositasi tekshirilganda burunga sepadigan kuchli psixotrop moddalar aniqlangan.

Qo‘shimcha kuchlar kelgani sabab bezorilar noma’lum tarafga qarab qochgan. Xodimlardan biri janjaldan so‘ng oyog‘ida kuchli og‘riq sezgani sababli tez tibbiy yordam shifokorlariga murojaat qilgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida mazkur shaxslarning ikki nafari muqaddam sudlanganligi aniqlandi. Ulardan biri o‘g‘rilik jinoyatini sodir etgani uchun sudlanib, tuzalish yo‘liga kirishiga imkoniyat berilgan edi. Unga kechasi uydan chiqishi mumkin emasligi qat’iy belgilangan bo‘lsa-da, cheklovni buzib, yarim tunda ko‘cha kezishi oqibatida yangi jinoyatga qo‘l urgan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi (jamoat tartibini saqlayotgan xodimga nisbatan qarshilik ko‘rsatib bezorilik sodir etish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ma’lumot uchun, bu moddada ko‘rsatilgan harakatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan 3 yildan 5 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi belgilangan.

Shu o‘rinda Toshkent shahar IIBB fuqarolardan janjalni boshlagan Abduhakimov Hojiakbar Talatjon o‘g‘lini qo‘lga olishda yordam so‘ragan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан