Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qaysi chet el kompaniyalari Qoraqalpog‘istonda shamol elektr stansiyalari qurmoqchi
21.05.2020 10:37,  
224

Avvalroq Energetika vazirligi birinchi marta shamol elektr stantsiyasini qurish uchun tender e’lon qilgani haqida xabar bergan edik.

Vazirlik matbuot xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, tenderga dunyoning 30 mamlakatidan (AQSh, Xitoy, Yaponiya, Singapur, Janubiy Koreya, BAA, Saudiya Arabistoni, Shveysariya, Niderlandiya, Fransiya, Ispaniya, Turkiya, Hindiston, Rossiya va boshqalar) 70 kompaniya va konsorsiumlar talabnomalar taqdim etishgan.

Ular orasida General Electric (AQSh), Toyota Tsusho Corporation (Yaponiya), Total Eren SA (Fransiya) shirkatlari; shuningdek, Energetika vazirligining Samarqand shahrida QES qurish bo‘yicha hamkori, mart oyida vazirlik bilan $2 mlrd.lik loyiha uchun shartnoma imzolagan ACWA Power (Saudiya Arabistoni) hamda O‘zbekistondagi birinchi davlat-xususiy sheriklik tenderi, ya’ni Navoiy viloyatida quvvati 100 MVt bo‘lgan fotoelektr stansiya qurilishi tenderi g‘olibi Abu Dhabi Future Energy Company PJSC — Masdar (BAA) ham bor. Masdar qurilishga 100 million dollar sarmoya kiritadi va loyihani 25 yil davomida boshqaradi.

Tender g‘oliblari ushbu loyiha doirasida ob’yektlarni ishlab chiqish, moliyalash, qurish, ularga egalik qilish va foydalanishga ishtirok etadi.

Shamol energetika loyihasi bo‘yicha birinchi tender Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan hamkorlik to‘g‘risidagi bitim doirasida amalga oshiriladi. Bundan ko‘zlangan maqsad umumiy quvvati 1 GVt. ga teng shamol elektr stansiyalarini qurishdir.

Ushbu ShES va tegishli infratuzilmani qurish uchun maydon Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tumanidan tanlangan.

Ushbu loyiha O‘zbekistonda qayta tiklanadigan energiya manbalarini jalb qilish bo‘yicha keng ko‘lamli strategiyaning bir qismidir. Keyingi o‘n yil ichida mamlakatda o‘sib borayotgan elektr energiyasini qondirish uchun umumiy quvvati 3 GVt gacha bo‘lgan shamol elektr stansiyalarini qurish rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан