Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qaysi hududda gaz ko‘proq o‘g‘irlanyapti?
27.10.2021 08:40,  
311

Gazdan noqonuniy foydalanish holatlarining eng ko‘pi Namangan, Toshkent va Xorazm viloyatlariga to‘g‘ri kelmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yil oktyabr oyining o‘tgan 22 kuni davomida tadbirlar o‘tkazilgan. Unda ulgurji iste’molchilarning gazdan foydalanish holatlari o‘rganilgan. Respublika bo‘yicha tabiiy gazdan 228 ta holatda noqonuniy foydalanib kelinayotgani aniqlangan. 

Ushbu 22 kun ichida 4 million 278 ming kub metr tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlangan. Yetkazilgan zarar 3 millird 832 million 900 ming so‘mni tashkil qilgan.

Aniqlangan holatga huquqiy baho berish uchun hujjatlar tegishli organlarga yuborilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан