Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qaysi kasb egalari koronavirus bilan ko‘proq kasallanishi mumkin?
10.04.2020 15:04,  
1440

Bugun AOKA shtabida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

— Qaysi kasb egalari koronavirus bilan ko‘proq kasallanishi mumkin?

— "Kontingent riska" degan tushuncha bor, ya’ni xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan aholi qatlami, xavf bevosita kasbiga bog‘liq bo‘lgan sohada ishlovchi fuqarolarimiz mavjud.

Bular, birinchi navbatda bemorlar bilan muloqotda bo‘ladiganlar, ya’ni tez tibbiy yordam xizmati xodimlari, shifokorlar, feldsherlar. Chunki ular kasallik chaqiruviga asosan xonadonga borishadi, bemor bilan dastlabki muloqotda bo‘ladi, ularning holatini o‘rganib, birinchi yordam ko‘rsatadi.

Bugungi kunda ular kasallanmasligi uchun maxsus tayyorgarlikdan o‘tkazilgan. Kasallik profilaktikasi, yuqishining oldini olish, birinchi yordam ko‘rsatish jarayonida o‘sha joydagi epidemiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirish, tavsiyalarni berish, ularni tashkil qilish bo‘yicha malakaga ega.

Biz ularning sog‘ligini saqlash uchun kuni kecha Respublika bosh davlat sanitar vrachining Qarorini qabul qildik. Unda xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan kontingentning laboratoriya tahlillaridan o‘tkazib borishni yo‘lga qo‘yganmiz.

Toshkent shahri va viloyat markazlarida tez tibbiy xodimlari, shifoxonalar, oilaviy poliklinikalardagi fuqarolar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlaydigan registratura xodimlari, qabul bo‘limidagi shifokorlar, hamshiralarni tekshirishni rejalashtirdik.

Shuningdek, jamoatchilik bilan ko‘p ishlaydigan kasb egalari bor. Bular kassirlar, sotuvchilar bo‘lishi mumkin. Ularning ham to‘liq ro‘yxatlari tuzilgan.

Umuman, savolda nazarda tutilgan kasb egalarining ro‘yxatlari shakllantirilgan. Ushbu kasb egalarini epidemiologik ko‘rsatmaga asosan tekshirish ishlarini rejalashtirganmiz.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан