Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qaysi viloyatda “svet” eng ko‘p o‘chayotgani ma’lum bo‘ldi
17.12.2020 05:18,  
1430

16 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida qish mavsumiga tayyorgarlikda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni hal etish hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishda O‘zbekistonning qaysi hududida elektr energiyasidan eng ko‘p uzilishlar bo‘layotgani ma’lum qilindi. 

Unga ko‘ra, Respublikada eng ko‘p uzilish Surxondaryo viloyatida kuzatilmoqda. Hudduda bir kunda 7 soatgacha elektr energiyasi berilmayapti.

Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, elektr energiyasi bo‘yicha eng ko‘p tanqislik Samarqandda sutkasiga – 1,6 million kilovatt-soat, Andijon, Farg‘ona va Qashqadaryoda – 1,5 million kilovatt-soatdan, Namanganda – 1,3 million kilovatt-soatni tashkil etgan.

Eng ko‘p uzilishlar Surxondaryoda – 7 soatgacha, Qashqadaryoda – 6 soatgacha, Farg‘ona va Andijonda – 5 soatgacha, Samarqandda – 3 soatgacha, Buxoroda – 2 soatgacha kuzatilgan. Ushbu uzilishlarga asosan iqtisodiyot tarmoqlari va aholining elektr energiyasiga talabi kundan-kunga oshib borishi, shuningdek, taqsimlovchi tarmoqlarning 60 foizi eskirgani sabab bo‘layotgani qayd etilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан