Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qaysi viloyatlarda ishsizlik darajasi yuqori ekanligi ochiqlandi
27.05.2020 11:16,  
837

2019 yil yakuniga ko‘ra, mamlakatning yalpi ichki mahsuloti (YaIM) hajmi joriy narxlarda 511,8 trln. so‘mni tashkil etgan holda, o‘tgan yilga nisbatan 5,6 foizga o‘sdi. O‘tgan yil bilan taqqoslanganda YaIM tarmoqlari tarkibida qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligining ulushi 28,0 foizdan 25,5 foizga kamayib, sanoatning ulushi 23,6 foizdan 27,3 foizga, qurilishning ulushi 5,4 foizdan 5,9 foizga o‘sishiga erishildi.

Bu haqda bugun, 26 may kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasining videokonferens aloqa tarzida bo‘lib o‘tgan navbatdagi yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Yig‘ilishda fraksiya a’zolari Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining 2019 yildagi ijrosi yuzasidan Moliya vaziri o‘rinbosari Dilshod Sultonovning hisobotini tingladi.

Foto: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati

Hisobot davrida iqtisodiyotga Davlat byudjetidan rejalashtirilgan mablag‘larning salkam 18,5 trln. so‘mi yoki YaIMga nisbatan 3,6 foiz mablag‘ sarflangan. Yig‘ilishda deputatlar Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining 2020 yil birinchi chorak yakunlari bo‘yicha ham axborotini eshitdi.

Hisobotda ta’kidlanganidek, joriy yilning birinchi choragida O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 9,4 foizni tashkil qilgan.

Eng yuqori ishsizlik darajasi 9,8 foiz bilan Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida, 9,7 foiz bilan Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlarida qayd etilgan bo‘lsa, eng past ko‘rsatkich Toshkent shahrida (7,8 foiz) aniqlangan.

Ishga joylashtirishga muhtoj mehnat bilan band bo‘lmagan aholi (ishsizlar) soni 1 399,7 ming kishini tashkil etgan.

Yig‘ilishda ishsiz shaxslarni haq to‘lanadigan jamoat ishlariga keng jalb etish asosida aholi bandligini ta’minlash uchun Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasini tashkil etilgani aytildi. Vazirlik huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasi hisob raqamida 2019 yilda moliyalashtirilgan mablag‘lar hisobidan 16,9 mlrd. so‘m mablag‘ qoldig‘i mavjud bo‘lib, 2020 yil birinchi chorak davomida Respublika byudjetidan 45 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан