Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qaysi viloyatlarda o‘quvchilarning umumiy o‘zlashtirish darajasi pastligi ochiqlandi
4.06.2020 12:49,  
824

2020 yilda 858 ta maktablar attestatsiyadan o‘tkazildi. Attestatsiyadan o‘tgan maktablarning 803 tasi (93,5%) akkreditatsiyalandi. Bu haqda Vazirlar mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘ining maslahatchisi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, belgilangan ta’lim sifati talablariga javob bermaganligi uchun 55 ta (6,5%) maktab attestatsiyadan o‘tmadi va akkreditatsiyalanmadi.

Shuningdek, tashqi attestatsiyadan o‘tkazilgan 858 ta maktabdan 257 tasi (30%)da fizika, 343 tasi (40%)da kimyo-biologiya laboratoriya xonalari talab darajasida emas.

Nazorat ishi olingan 858 ta maktablardan 230 tasida Kimyo fanidan, 218 tasida Fizika fanidan birorta ham o‘quvchi «A’lo» bahoga baholanmagan.

O‘quvchilarning umumiy o‘zlashtirish darajasi Andijon viloyatida 68 foizni, Sirdaryo viloyatida 67 foizni, Namangan viloyatida 66 foizni, Jizzax va Toshkent viloyatlarida 65 foizni tashkil etib, bular Respublika ko‘rsatkichidan past.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан