Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qaysi xavfli: «Ispanka»mi yoki koronavirus?
12.11.2020 02:33,  
858

«Ispanka» (ispan grippi) haqida

1918/19 yillardagi ispanka insoniyat tarixidagi birinchi pandemiya edi (ba’zi manbalarda 1920 yilda ham davom etgan, deyilgan). U Birinchi jahon urushi davrida paydo bo‘ldi.

Nima uchun «ispanka»? Sababi, o‘sha paytlar urush qatnashchilari bo‘lgan mamlakatlar senzura o‘rnatishgan. Harbiy lagerlardagi kasallanishlar, epidemiya sir tutilgan. Ispaniya esa birinchi bo‘lib pandemiya haqida rasmiy ravishda e’lon qiladi (1918 yil may-iyunda).

Birinchi jahon urushining cho‘zilib ketgani, antisanitariya holati, yomon ovqatlanish, harbiy va qochoqlar lageridagi odamlarning haddan ziyod zich to‘planishi kabilar virus tarqalishiga sabablar edi.

Ispan grippida 3 ta to‘lqin kuzatilgan:

  1. Yengil to‘lqin. 1918 yil bahorida paydo bo‘lgan. Shundan so‘ng virus mutatsiyaga uchrab, juda tez tarqalgan.
  2. Og‘ir to‘lqini. O‘sha yil kuzida kuzatilgan.
  3. Ispan grippining birinchi to‘lqini tarqalganidan bir yil o‘tib (1919 yil bahorida) odamzodni uchinchi to‘lqini qiynagan.

Ikki pandemiyaning o‘xshash va farqli jihatlari

  • Ispan grippi va kovid, avvalo, patogen o‘xshash. Ikkalasi ham RNK-viruslar sanaladi – insonga hayvonlardan o‘tgan, deb hisoblanadi. Unisi ham, bunisi ham havo-tomchi yo‘li orqali yuqadi. Ispan grippidan taxminiy o‘lim darajasi 2 – 5 foizni tashkil etsa, koronavirusda bu ko‘rsatkich – 3% (deyarli teng).
  • Ispan grippining nimadan kelib chiqqani aniq emas. Faqat 3 ta taxmin bor: birinchisi, virus Sharqiy frontdagi fransuz kasalxonalarida paydo bo‘lgan; ikkinchisi, vaboni Amerika va Yevropaga xitoyliklar olib kirgan (yo ishchi-muhojirlar, yoki harbiy xizmatdagilar); uchinchisi, epidemiya AQSh armiyasidagi yollanma askarlar tufayli tarqagan, chunki Birinchi jahon urushi oxirlarida AQSh ham urushga kirgandi.

So‘nggi faraz shundayki, ispan grippining tiklangan virus genomi hamda o‘rdak grippi (AQShda tarqalgan) virusi genomi o‘rtasida o‘xshashlik aniqlangan. Taxminlarga ko‘ra, ispan grippining yuqish zanjiri mana bunday bo‘lgan: yovvoyi o‘rdaklardan uy hayvoni (cho‘chqa)ga, undan insonga.

Koronavirusning kelib chiqish sababi ham noma’lum, faqat taxminlar bor. Uni Xitoy (Uxan)dagi laboratoriyada ehtiyotsizlik tufayli tarqab ketgan, deyishadi. Xitoyliklar esa yangi virusni aqshlik askarlar olib kelishdi, deyapti. Ayrimlar ko‘rshapalaklarni sababchi qilib ko‘rsatyapti; yana turli o‘yinlar, biologik qurollar va hokazo... Variantlar ko‘p – aniq javob yo‘q. Ikkala virus ham o‘ta sirli.

Bundan 100 yil oldin ham ispan grippiga qarshi karantin choralari ko‘rilgan, ommaviy tadbirlar bekor qilingan, turli cheklovlar o‘rnatilgan. Qizig‘i, Amerikada ispan grippini dastlab «Xitoyliklar aldovi» deb hisoblashgan (o‘xshashlikni qarang-a, koronavirus ham aynan Xitoydan butun dunyoga tarqaldi). Demak, ikkala pandemiyaga ham Xitoy yo bevosita, yoki bavosita aloqador.

Ispan grippidan o‘lim ko‘rsatkichi asosan immuniteti zaif (kambag‘alu nochor)larda ko‘p edi. Bu vabodan ko‘plab yoshlar, o‘rta yoshdagilar ham nobud bo‘lgan. Koronavirus esa shohu gadoni ham, mashhuru mashhurmaslarni ham ayab o‘tirmayapti. Ammo asosan yoshi kattalar, surunkali kasalliklari borlarni olib ketyapti. Xo‘sh, unda ispan grippiga boylar yo amaldorlar chalinmaganmi? Javob: hatto Ispaniya qiroli Alfonso XIII ham ispan grippini yuqtirib olgan!

Fakt va raqamlar, «bahs»...

Yer yuzining qariyb 30% aholisi (kamida 550 million kishi) ispan grippiga chalingan. Undan vafot etganlar soni 17 milliondan 40 – 50 milliongachani tashkil etgan. Koronavirusda esa 2020 yil 1 noyabr holatiga ko‘ra ushbu ko‘rsatkich tegishlicha bunday: 46 million 600 mingdan ortiq – chalinganlar, 1 million 200 mingdan ziyod – vafot etganlar. Bu borada ispan grippi sezilarli darajada ustun.

Ispan grippi bilan zararlanganlar orasida o‘lim ko‘rsatkichi 3 – 20 foizni tashkil etgan. Bu – har 10 odamdan 1-2 kishi virus qurboni bo‘lgan degani. Covid-19 da esa o‘rtacha har 40 – 50 kishidan biri vafot etmoqda. ispan grippi tojdor virusni bu borada ham ortda qoldirmoqda.

Ispan grippi Yevropa, Afrika, Osiyo, Amerika, Avstraliya qit’alarini qamrab olgan, koronavirus esa – hamma qit’ani, hatto Okeaniya qit’asidagi orollargacha.

Ispan grippi belgilari bunday bo‘lgan: yuzdagi ko‘k rang (sianoz), qonli yo‘tal, qon ketishi, bo‘g‘ilish... Koronavirusda esa: isitma, quruq yo‘tal, nafas qisishi va boshqalar.

Ispan grippi ham xuddi koronavirus singari mutatsiyaga uchragan. Urush tugaganidan so‘ng uni daf bo‘ldi deb o‘ylashgan, biroq u tezda tarqaydi. Bunga antisanitariya holatlari, odamlarning bir yerda to‘planishi sabab edi.

«Ispanka» koronavirusdan kuchliroq ekan. Ammo tojdor virus XXI asr texnologiyalari bo‘la turib shuncha «muvaffaqiyat»ga erishganini ham unutmaylik!

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан