Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qayta hisoblashdan keyin Uxanda koronavirus qurbonlari soni 50 foizga oshdi
17.04.2020 15:15,  
1576

Xitoyning Uxan shahri ma’murlari Covid-19 bo‘yicha statistikani yangiladi. Koronavirusdan vafot etganlar soni 1290 taga ortib 3859 tani tashkil etmoqda.

Juma kuni tongda Xitoy sog‘liqni saqlash milliy qo‘mitasi koronavirus yuqtirganlar va undan vafot etganlar bo‘yicha yangilangan statistikani e’lon qildi.

Avvalroq, Uxanda rasman qayd etilgan koronavirus holatlari soni 50 008 ta, vafot etganlar soni 2579 kishi deb hisobga olingan edi.

Bayonotda aytilishicha, «epidemiyaning dastlabki bosqichida bir qator tibbiyot muassasalari kasallikning tarqalishining oldini olish va nazorat qilish uchun yagona axborot tizimiga o‘z vaqtida ulana olmadilar, kasalxonalar haddan tashqari ko‘p edi va tibbiy xodimlar davolanish bilan mashg‘ul bo‘ldilar va ob’yektiv ravishda ba’zi hisobotlar kechiktirildi, ba’zi ma’lumotlar o‘tkazib yuborilgan, ba’zi ma’lumotlar xato».

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан