Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qayta moliyalash stavkasi o‘zgarishsiz qoldirildi
19.10.2019 17:47,  
271

Qayta moliyalash stavkasi o‘zgarishsiz qoldirildi, deb xabar qildi Markaziy bank axborot xizmati.

"Markaziy bank Boshqaruvining 2019 yil 19 oktyabrdagi qarori bilan qayta moliyalash stavkasi yillik 16 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirildi", - deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, mazkur qarorni qabul qilishda iqtisodiyotda inflyasiya va inflyasion kutilmalar dinamikasining saqlanib qolish, bir martalik inflyasion shoklarning yuzaga kelishi sharoitida foiz stavkalarni yanada oshirishda xorijiy valyutadagi kreditlar o‘sishi va kredit bozorida segmentatsiya kuchayishi borasidagi ayrim havotirlarning mavjudligini inobatga olib, ehtiyotkorona yondashuvni qo‘llash zaruriyatidan kelib chiqilgan.

Eslatib o‘tamiz, Markaziy bank Boshqaruvi qayta moliyalash stavkasini 2018 yilning 25 sentyabrida 2 foizga oshirib, yillik 16 foiz darajasida belgilash to‘g‘risida qaror qabul qilgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан