Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qayta tiklangan MacBook Pro noutbuklari arzonroq narxda savdoga chiqarildi
15.08.2020 13:16,  
412

Kupertinolik korporatsiya o‘zining qayta tiklangan qurilmalarini nisbatan arzon narxda sotishi bilan ham ma’lum. Masalan, u avvalroq Mac Pro 2019 (yoki Mac Pro 7.1) kompyuterlarini naq 4000 dollargacha chegirma bilan savdoga qo‘ygan edi.

Apple endi o‘zining rasmiy saytida bu yilgi 13 dyuymlik MacBook Pro noutbukning qayta tiklanganlarini savdoga chiqardi. Afsuski, ular orasida eng zo‘r – 10-avlod Intel protsessorlilari yo‘q, faqat sakkizinchi avlod Intel Core i5 hamda Core i7 chipli laptoplar bor. Lekin narxidagi farqi 230 dollarga teng – bu pulga esa bitta hamyonbop smartfon olsa bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz: qayta tiklangan qurilma – xaridor kafolat bo‘yicha qaytarib bergan, zavodga jo‘natilgan va u yerda sinchiklab tekshirilib, kerakli detallari, korpusi va akkumulyatori almashtirilgan gadjetdir. Bunaqa devayslar ham, xuddi yangilari singari, original qadoqda, yangi aksessuarlar va bir yillik kafolat bilan sotiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан