Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qibrayda qulupnay maydoni majburiy buzilganini hokimlik tan oldi
20.05.2021 17:47,  
613

Ijtimoiy tarmoqlarda Qibray tumanida 9 gektar qulupnay maydoni buzilib, vayron qilingani haqidagi videolavha tarqalgan edi. Holat bo‘yicha Qibray tumani hokimligi rasmiy munosabat bildirdi— deya ma’lum qilmoqda ’Xabar.uz’.

Qayd etilishicha, ushbu videolavhada ko‘rsatilgan yer maydoni «Chinkeldi» MFY Yangiobod qishlog‘i M.Bexbudiy ko‘chasida joylashgan «Saidvali hoji» fermer xo‘jaligiga tegishli bo‘lib, jami  20,9 gektarlik maydonning 8 gektariga (videoda 9 gektar deyilgan) qulupnay ekilgan.

«Saidvali hoji» fermer xo‘jaligi yer maydonlaridan ekin ekib foydalanish uchun dehqonlar bilan o‘zaro og‘zaki (hech qanday hujjatlar rasmiylashtirilmagan) kelishuvga asosan ikkilamchi ijaraga berilgan.

Fermer xo‘jaligining yer maydonlari davlat ehtiyojlari uchun olinganligi (oldindan ogohlantirish xatlari berilgan) munosabati bilan fermer xo‘jaligiga yetkazilgan zarar belgilangan tartibda qoplab beriladi.

Ushbu mablag‘lar fermer xo‘jaligi hisob raqamiga o‘tkazilgandan so‘ng, fermer xo‘jaligi bilan ikkilamchi ijarada foydalanib kelgan dehqonlarga keltirilgan zararni qoplash «Saidvali hoji» fermer xo‘jaligi tomonidan amalga oshirilishi bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirilgan.

Keltirilgan zararni qoplash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan qo‘shimcha axborot beriladi, — deyiladi hokimlik xabarida.

Rasmiy munosabatdan keyin bir nechta savollar ochiqligicha qoldi.

Nega hosilga kirgan ekin maydoni bunday shoshilinch uvol qilindi? Yer maydonlari davlat ehtiyojlari uchun olinayotgan va fermer xo‘jaligiga yetkazilgan zarar belgilangan tartibda qoplab berilar ekan, nega bu odamlarni qaqshatmasdan, buzilishdan oldin amalga oshirilmadi?

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан