Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qibrayda turk kompaniyasi “Invest Village” turarjoy binolarini quradi
20.04.2020 13:46,  
489

Vazirlar Mahkamasining “Toshkent viloyatida “Invest Village” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Mazkur loyiha Qibray tumanining “Tuzel” qishloq fuqarolar yig‘ini hududida amalga oshirilishi belgilangan. Uning umumiy qiymati 25 million AQSh dollariga teng. Shundan 20 million dollari Turkiyaning “Toleza Tekstil Sanayı lç ve Diş Tic. Ltd. Ști.” Kompaniyasi tomonidan kiritilayotgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya mablag‘i bo‘lsa, 5 million dollari mahalliy kichik biznes sub’yekti “Super Garden” MChJga tegishlidir.

Qarorda qayd etilishicha, “Invest Village” loyihasining ro‘yobga chiqarilishi natijasida zamonaviy turarjoy binolari qurilib, uning 5 foizi Toshkent viloyati hokimligiga beriladi. Shuningdek, bu yerda 100 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан