Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qibraydagi ariqdan qon oqmoqda(mi?) (video+)
5.03.2021 18:54,  
2432

"Rost24.uz" internet nashri xabar qilishicha, Toshkent viloyati Qibray tumanining O‘ngqo‘rg‘on mahallasidagi fermer xo‘jaliklarining o‘rtasidan o‘tgan ariqdan har kuni ikki mahal qon oqadi.

(video+)

"Toshkent shahridan 2 km. naridan o‘tgan mazkur ariqda oqadigan qonni ilk bor ko‘rgan odam xayoliga kitoblarda o‘qigani, qirg‘inbarot urushlarda “ariqlar to‘lib qon oqdi”, “qonlar ariq bo‘lib oqdi” degan so‘zlar kelaveradi.

Ariq yoqalab taxminan 3-4 kilometrlar yurgandan so‘ng qon quyiladigan yashirin quvur topildi.

Bu quvur taxminan 300 metr uzoqlikdagi qushxonadan o‘tkazilgani ma’lum bo‘ldi. Olxo‘ri daraxtlari ekilgan fermer xo‘jaligining taxminan 2 metr tagidan yashirincha o‘tkazilgan maxsus quvurdan ariqqa quyilar ekan.

Mazkur qushxona esa “OBOD SAVDO BIZNES” MChJga qarashli mol bozorining ichida joylashgan. Ushbu bozordan xarid qilingan va boshqa joydan olib kelingan mollar shu yerning o‘zida so‘yilib qoni va axlati yer tagidan o‘tgan quvur orqali ariqqa oqizib yuborilar ekan. Mana sizga tadbirkorlik.

Har kun 2, 3 mahal qon oqadigan ushbu ariq Qibray tumanidan o‘tuvchi “Qoraqamish” kanaliga qo‘shiladi. Bu kanal esa Toshkent shahrining “Qoraqamish” massividan o‘tib Olmazor tumanining markazidagi suzish havzasiga quyilar ekan. Ushbu havzaga so‘yilgan mollarning qon va axlati yetib kelguncha ko‘rinishini yo‘qotishi mumkindir, ammo tarkibi yo‘qolmaydi. Yoz kunlari aholi cho‘miladigan suvga qo‘shilishini va oqibatini hech qanday izoh bilan oqlab ham bo‘lmaydi.

Mazkur muammoga nafaqat Qibray tuman mutasaddilari,balki Ekologiya qo‘mitasi, Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi markazi kabi bir qancha mutasaddi tashkilotlar e’tibor qilishi lozim.

Toshkent viloyati Qibray tumanining O‘ngqo‘rg‘on mahallasidan boshlanadigan qonli suvlar poytaxtimizning o‘rtasidan o‘nlab kilometr masofa bosib millionlab aholi yashaydigan manzillardan o‘tib ketadi. Hattoki yosh bolalar cho‘miladigan havzalarga ham bir kirib o‘tishi yuqoridagi amaldorlarimiz jiddiy e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jiddiy mavzu", deya yozmoqda sayt.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан