Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qibraydagi bir nechta mahallalar Toshkent shahri tarkibiga o‘tmoqda
22.05.2021 18:41,  
275

Toshkent viloyati Qibray tumaniga qarashli 20 ta mahalla fuqarolar yig‘ini (jami 4402 gektar) Toshkent shahri tarkibiga o‘tkaziladi. Bu haqda joriy yil 20 may kuni Xalq deputatlari Qibray tuman kengashining tegishli qarori qabul qilingan. 

Jumladan, Qibray tumanidagi:

Jarboshi, Tashisti, Ibrat, Mirishkor, Arg‘in, Bahor, Chinor va Tovkentepa mahallalari (2107,4 gektar) poytaxtning Yashnobod tumani;

Geofizika, Alisherobod, Chingeldi, Do‘stlik, Taraqqiyot, Barkamol, Bog‘ishamol, Vatanparvar, Amir Temur, Mevazor, Gulbog‘, Gulzor-1 va Pastki-yuz mahallalari (2294,6 gektar) Mirzo Ulug‘bek tumani tarkibiga o‘tkaziladi.

Belgilanishicha, Qibray tumani okrugidan saylangan xalq deputatlari Qibray tuman kengashining deputatlari tegishlicha xalq deputatlari Yashnobod va Mirzo Ulug‘bek tuman kengashlari tarkibiga o‘tgan hisoblanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан