Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qidiruvda bo‘lgan IShID a’zosi O‘zbekistonga olib kelindi
30.10.2021 13:43,  
889

Xalqaro terroristik tashkilotlariga aloqadorligi uchun qidiruvda bo‘lgan I.O. Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan xorijdan O‘zbekistonga olib kelindi, deya xabar berdi DXX Axborot xizmati.

I.O. 2014 yilning fevral oyida ishlash maqsadida Rossiyaga boradi va ijtimoiy tarmoq orqali xalqaro terroristik tashkilotlar a’zolari bilan aloqaga kirishadi.

Shundan so‘ng, u O‘zbekistonga qaytib kelib, ikki nafar farzandini ota-onasiga qoldiradi hamda rafiqasi bilan birga 2015 yilning mart oyida Ukraina orqali dastlab Turkiyaga, so‘ngra Suriya hududiga o‘tib, "Islom davlati" xalqaro terroristik tashkiloti safiga qo‘shiladi.

Shu tariqa I.O. 2015-2021 yillar davomida Suriya va Iroq davlatlaridagi IShID safida jangovar harakatlarda qatnashadi.

Shuningdek, u shu yilning sentyabr oyida Markaziy Osiyo davlatlarining birida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan qo‘poruvchilik harakatida ishtirok etishi lozim edi.

Hozirda ushbu shaxsga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан