Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qirg‘iziston hukumati Suriya va Iroqda qamalgan fuqarolarini qaytarish bo‘yicha ish olib borilmoqda
3.06.2019 22:34,  
1

Suriya va Iroqda qamalgan qirg‘izistonliklarni qaytarish bo‘yicha ish olib borilmoqda. Bu haqda Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Bu masalani hal qilish bo‘yicha Qirg‘iziston TIVda bosh vazir o‘rinibosari Jenish Razakov boshchiligida idoralararo guruh yig‘ilishi o‘tkazildi.

“Bugungi kunda Qirg‘iziston vakolatli organlari Iroq hukumati bilan birgalikda fuqarolar shaxsini aniqlash chora-tadbirlarini yakunladi, ularni Qirg‘izistonga qaytarish borasida ish olib borilmoqda”, - deyilgan xabarda.

Ta’kidlanishicha, bunday ishlar Suriya qamoqxonalarida saqlanayotgan qirg‘iz mahbuslar bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

“Bu yerda fuqarolar shaxsini aniqlash chora-tadbirlarini amalga oshirish zarur. Ushbu yo‘nalishda ishlar Suriyadagi vaziyatni hisobga olgan holda amalga oshirilmoqda”, - deyilgan TIV xabarida.

Barcha ishlar hukumat tomonidan muvofiqlashtirilib borilmoqda. Qamalgan qirg‘izistonliklar aniq soni haqida ma’lumot berilmadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан