Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qirg‘iziston parlamenti Almazbek Atambayevdan daxlsizlikni olib tashladi
27.06.2019 15:08,  
6

Qirg‘iziston parlamenti deputatlari Almazbek Atambayevni sobiq prezident maqomini olib tashlashga ovoz berishdi. Endi u to‘g‘ridan-to‘g‘ri daxlsizlikdan mahrum bo‘ladi.

Atambayevdan sobiq prezident maqomini olib tashlashga 103 deputat ovoz berdi, faqatgina 6 deputat bunga qarshi bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston parlamenti 13 iyun kuni maxsus komissiyani tashkil etgan va u olib borgan ish natijasida Almazbek Atambayev oltita jinoyatga aloqador bo‘lishi mumkinligi haqida xulosa qilingan.

Juqorg‘u Keneshi 20 iyunda xulosani tasdiqlab, bosh prokuraturaga yubordi.

Xulosaga ko‘ra sobiq prezidentga nisbatan quyidagi aylovlar ilgari surildi: Bishkek IES modernizatsiyasi bo‘yicha korrupsiya ishi va stansiyaga noqonuniy tarzda ko‘mir yetkazib berilishi, Tarixiy muzeyni rekonstruksiyasida korrupsiya ishi, jinoiy avtoritet Aziz Batukayevning qonunga zid ravishda ozod etilishi, Koy-Tash va Chon Sari-Oy qishloqlarida yer uchastkalarini noqonuniy egallanishi.

Shu haftada, 25 iyun kuni mamlakat bosh prokurori O‘tkurbek Jamshitov sobiq prezident ehtimol besh jinoyatlarga aloqador bo‘lishi mumkinligi haqida bayonot berdi.

Qirg‘iziston sobiq prezidenti Atambayevga besh epizod bo‘yicha ayblov qo‘yilishi mumkin. U gap Koy-Tash qishlog‘ida yer uchastkalarini noqonuniy egallanishi, jinoiy avtoritet Aziz Batukayevning qonunga zid ravishda ozod etilishi, Bishkek IES modernizatsiyasi bo‘yicha korrupsiya ishi va unga noqonuniy tarzda ko‘mir yetkazib berilishi hamda tadbirkor Subixi Parxati ishtirokidagi korrupsiya fakti haqida borayotganini ta’kidladi. Xulosani ko‘rib chiqish uchun parlamentga yuborildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан