Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi Turkiya elchisiga norozilik notasi topshirdi
6.06.2019 22:33,  
17

Qirg‘iziston respbulikasi Tashqi ishlar vazirligi mamlakatdagi Turkiya elchisi Jengiz Kamil Firatga norozilik notasi topshirdi.

“Vazirlik Turkiya elchisini Qirg‘iziston ichki ishlariga aralashmaslikka, o‘zini tiyish va milliy qonunchilikni hurmat qilishga chaqirdi”, - deyilgan rasmiy xabarda.

Ma’lum bo‘lishicha, Oroq qishlog‘ida aholi guruhlari orasida katta janjal sodir bo‘lgan vaqtda Turkiya elchisi o‘sha yerda bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, 5 iyun kuni ertalab soat 08:30 Hayit namozidan keyin Qirg‘izistonning Chuy viloyati Orok qishlog‘ida yashovchi turk va qirg‘iz millatiga mansub o‘smirlar orasida janjal kelib chiqqan. Shundan so‘ng aholi qishloqdagi bir necha uylarning derezasini sindirib, somonxonalarga o‘t qo‘ygan. Janjal oqibatida ikki o‘smir jonlantirish bo‘limiga tushgan.

Qirg‘iziston militsiyasi ushbu janjan yuzasidan 32 kishini so‘roq qilib, mojaroda ishtirok etgan bishkeklik deputat Kilich Borkoyevni hibsga olgan. 

Eng so‘nggi xabarlarga ko‘ra, ayni damda ikkala tomon ham o‘zaro kelishib olishgan va bir-birlariga da’volari yo‘qligini xabar qilishgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан