Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qirg‘izistonning sobiq bosh prokurori hibsga olindi
5.06.2019 20:02,  
4

Qirg‘izistonning sobiq bosh prokurori Aida Salyanova hibsga olindi.

Bishkek shahar Pervomayskiy tuman sudi tomonidan sobiq bosh prokuror Aida Salyanovaga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Sud o‘z qarorini Salyanova ozodlikda bo‘lib, tergovga bosim o‘tkazish mumkin deya tushuntirgan.

Qayd etilishicha, sud qarori bilan sobiq bosh prokuror 26 iyungacha tergov hibsxonasida saqlanadi.

Joriy yilning 3 iyun kuni Aida Salyanova IIVga kriminal avtoritet Aziz Batukayevni noqonuniy ozod qilish ishi bo‘yicha so‘roqqa chaqirilgan. Tunda uni qo‘lga olib, vaqtinchalik saqlash izolyatoriga joylashtirishgan. Bunga sobiq maxsus prokuror Mayrambek Akmataliyevning ko‘rsatmalari sabab bo‘lgan.

Aziz Batukayev 2006 yilning avgust oyida Alamudin tuman sudi hukmi bilan 16 yilu 8 oyga ozodlikdan mahrum qilingan. Shuningdek, uning  molu mulki musodara qilingan. Batukayev 2006 yilda Bishkek shahri yaqinida koloniyada ommaviy tartibsizlik uyushtirganlikda va hujum paytida Qirg‘iziston parlamenti deputati Tinichbek Akmatbayev, jazoni ijro etish boshqarmasi rahbari Ikmatulla Polotov va parlamentning ikki nafar xodimini o‘ldirishda ayblangan.

Aziz Batukayev 2013 yil 9 aprelda “og‘ir kasallik” tufayli shartli ravishda ozod qilingan. U bundan foydalanib, Qirg‘iziston hududini tark etgan.

Qirg‘iziston IIV ma’lumotiga ko‘ra, Batukayev hozirda Chechenistonda noqonuniy qurol saqlagani uchun jazo muddatini o‘tamoqda.

Kriminal avtoritetga nisbatan jinoiy ishni qayta qo‘zg‘atilganini 17 aprel kuni Qirg‘iziston bosh prokurori Otkurbek Jamshitov ma’lum qildi.

Shu ish yuzasidan bir necha shifokorlar, sobiq bosh vazir Shamil Ataxanov, Sog‘liqni saqlash vazirligi sobiq vaziri Dinara Saginbayeva va jazoni ijro etish xizmati raisining sobiq maslahatchisi Kalibek Kachkinaliyev qo‘lga olingan. Bundan tashqari, Norin shahar sudyasi ham mazkur jinoiy ish figurantiga aylangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан