Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qirg‘iz Respublikasi prezidenti Sooronbay Jeenbekov iste’fo berdi
15.10.2020 13:15,  
841

Qirg‘iz Respublikasi prezidenti Sooronbay Jeenbekov bugun 15 oktyabr kuni mamlakatda yuzaga kelgan siyosiy holat yuzasidan aholiga murojaat qildi.

Murojaatda prezident Bishkekda siyosiy holat hamon keskin qolayotganini, har tomonlama ixtiloflar tinchimayotganini ta’kidladi.

"Men uchun Qirg‘izistondagi tinchlik, mamlakatning bir butunligi, xalqning jipsligi hammasidan ustun. Har bir vatandoshimning hayoti men uchun qadrli.

Men hokimiyatda qololmayman. Qirg‘iziston tarixida o‘z xalqiga o‘q otgan va qon to‘kkan prezident sifatida qolishni istamayman. 

Shuning uchun iste’fo berishga qaror qildim", dedi Jeenbekov.

Qirg‘izistonda Japarov bosh vazir etib tayinlanganidan keyin ham norozilik harakati tinchimadi. Jeenbekov siyosatchilardan odamlarni ko‘chadan olib ketishni so‘radi.

Bir kun oldin bosh vazir etib saylangan Japarov Jeenbekov bilan muzokara o‘tkazdi va uni iste’foga chiqishga chaqirdi. 

Prezident iste’foga chiqarilgan taqdirda, uning vakolatlari, Qirg‘iziston Konstitutsiyasiga muvofiq, parlament raisiga o‘tkaziladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан