Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qirg‘iziston Bosh vaziri korrupsiya mojarolari sabab iste’fo berdi
15.06.2020 21:31,  
263

Qirg‘iziston hukumati rahbari, Bosh vazir Muxammedkaliy Abilgaziyev radiochastotalarni sotish bilan bog‘liq mojaro sababli iste’foga chiqdi. Bu haqda hukumat boshlig‘i matbuot xizmati ma’lum qildi.

Abilgaziyev hukumatga qarata yo‘llanayotgan ayblovlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan keng ko‘lamda olib borilayotgan surishtiruvlar sabab qisqa muddatli ta’til olishga qaror qilganini qayd etdi.

“Mamlakat koronavirus infeksiyasi va uning iqtisodiyot uchun oqibatlariga qarshi kurashayotgan bugungi murakkab sharoitda, hukumat barqaror ishlashi va fuqarolarning to‘liq ishonchiga ega bo‘lishi lozim, mavhumlik esa hukumatning to‘laqonlik ishiga xalaqit qiladi”, dedi Abilgaziyev.

“Noaniq vaziyat Hukumatning to‘laqonli faoliyat yuritishiga to‘sqinlik qiladi. Shu nuqtai nazardan men Qirg‘iziston Bosh vaziri lavozimi majburiyatlarini zimmamdan soqit qilishim zarur, degan qarorga keldim”, - deyiladi Abilgaziyevning bayonotida.

Abilgaziyev ushbu lavozimni 2018 yildan beri egallab kelayotgandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан