Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qirg‘iziston bosh vaziri mamlakatdan sarmoyadorlar chiqib ketishida avvalgi hukumatni aybladi
20.02.2020 12:20,  
215

Xitoylik sarmoyador Qirg‘izistonning Norin viloyatida savdo-logistika markazini qurish rejasidan voz kechgani mamlakatda sarmoyadorlarni himoya qilish tamoyillarini qayta ko‘rib chiqish lozimligini bildiradi. Qirg‘iziston bosh vaziri Muhammadkaliy Abilg‘oziyev tadbirkorlar va yordam tashkilotlari vakillari bilan uchrashuvda shunday bayonot berdi.

Uning aytishicha, Xitoy kompaniyasi mahalliy aholi tomonidan bo‘lgan sun’iy bosim natijasida loyihadan voz kechishga majbur bo‘lgan.

“Ishonchimiz komilki, bu tashqaridan boshqarilayotgan va norinliklarning manfaatlariga zid ravishda yolg‘on, mish-mish va to‘qima xabarlarni tarqatish yo‘li bilan faollashtirilayotgan muammo”, dedi u. 

Hukumat rahbarining qo‘shimcha qilishicha, bunday yiik sarmoyadorning Qirg‘izistondan chiqib ketishi birinchi o‘rinda odamlar hokimiyatga ishonmasligini ko‘rsatadi. 

“Odamlar ongidagi ishonchsizlik avvalgi qarorlar natijasida paydo bo‘lgan. Chunki bir vaqtlar yirik loyihalar mamlakat iqtisodining yetakchi ko‘rsatkichi bo‘lish o‘rniga korrupsiyaga, mamlakat manfaatlariga xoinlik qilishga misol bo‘lib qolgan, tabiatga zarar keltirgan va siyosiylashtirilgan”, deydi Abilg‘oziyev.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан