Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qirg‘iziston Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbari O‘zbekistonning So‘x anklaviga koridor berilishini rad etdi
16.03.2021 08:48,  
819


Qirg‘iziston Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev O‘zbekistonning So‘x anklavi koridor olmasligini aytdi. Bu haqda u 15 mart kuni Botken viloyati aholisi bilan uchrashuvda ma’lum qildi, deb xabar bermoqda «24.kg».

Qamchibek Tashiyev provokatsiyaga uchmaslikka va ishonchsiz ma’lumotlarga ishonmaslikka chaqirdi.

«Biz koridorni bermadik va bermaymiz. Prezident Sadir Japarov nutqida bunday gaplar bo‘lmagan. Anklav aholisi erkinroq harakatlanishi uchun nazorat punktini ochishga kelishib olindi. Biz anklav chegarasini aniqlash va demarkatsiya qilish niyatidamiz. Yolg‘onlarga ishonmang. Chegara bilan bog‘liq masalalar yuzasidan faqat biz (Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi Chegara xizmati — «24.kg» izohi) ma’lumot bera olamiz. Agar biz aytsak — boshqa gap», — degan Qamchibek Tashiyev.

Qirg‘iziston So‘xga yo‘l ochishga, O‘zbekiston esa Unkar-Tooni berishga tayyorligi haqida Qirg‘iziston prezidenti matbuot kotibi Galina Bayterek Sadir Japarovning Toshkentga davlat tashrifi sarhisobida ma’lum qilgandi. «Gazeta.uz»ning yozishicha, bu haqdagi ma’lumot prezident saytidan o‘chirilgan, so‘ng o‘zgartirilgan holda qayta chiqarilgan. Yangilangan maqolada Qirg‘iziston tomon faqat aviaaloqalarni ochishga tayyorligi aytilgan.

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov va Qirg‘iziston hukumatining Botken viloyatidagi muxtor vakili Omurbek Suvanaliyev Sadir Japarovning tashrifi yakunlariga ko‘ra viloyatlarning chegara hududida o‘tish punktlari ochilishini ma’lum qilgan. Chegara post xizmati dastlab piyodalar uchun, uch oy ichida esa avtomobillar uchun ochilishi aytilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан