Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qirg‘iziston ham lotin yozuviga o‘tadimi?
27.02.2020 12:38,  
306

Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Sooronbay Jeenbekov TASS axborot agentligiga bergan intervyusida Rossiya bilan munosabatlari, mamlakatda rus tilining holati va boshqa masalalarda o‘z fikrini bildirdi.

"Qirg‘iziston Konstitutsiyasida rus tili rasmiy til sifatida belgilangan. Uning maqomi shunday qoladi va o‘zgarmaydi", - dedi prezident.

TASS jurnalistining: "Ba’zi qo‘shni davlatlar kirilldan lotin yozuviga o‘tishdi yoki o‘tishmoqda. Qirg‘izistonda ham bu masala kun tartibidami?" degan savoliga Sooronbay Jeenbekov shunday javob berdi:

"Bilishimcha, bu masala bizda mustaqillikning ilk yillarida ko‘tarilgan. O‘shandayoq bip lotinga o‘tmay to‘g‘ri ish qilganmiz. Hozir lotinga o‘tishga hech qanday ehtiyoj yo‘q. Respublikamiz erishgan fan va madaniyat sohasidagi yutuqlar kirill yozuvi orqali xalqimizga tarqab bo‘ldi".

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан