Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qirg‘iziston Issiqko‘ldagi O‘zbekiston banklariga tegishli pansionatlarni sotib yubormoqchi
20.02.2020 11:46,  
2064

Qirg‘iziston hukumati o‘zbekistonlik investorlarga tegishli Issiqko‘lda joylashgan 4 ta pansionatni sotib yuborishi mumkin. Bu haqda Regnum Axborot agentligi, ushbu pansionatlarning egalari hisoblangan O‘zbekiston banklarining xabarlariga tayanib, ma’lumot tarqatdi.

Gap O‘zbekistondagi 3 ta bank va mexanika zavodi hamda ularning Issiqko‘ldagi dam olish joylari haqida ketyapti.

Qirg‘izistonning so‘lim go‘shasida Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining “Rohat NBU”, Asaka bankining “Dilorom”, O‘zsanoatqurilish bankning “Bo‘ston” va Toshkent mexanika zavodining “Oltin qumlar” dam olish joylari (pansionatlari) joylashgan.

Ma’lum qilinishicha, dastlab 2016 yilda Qirg‘iziston tomonidan ushbu pansionatlar noqonuniy ravishda egallab olingan. Shundan so‘ng, masala 2016 yil iyul oyida Vashingtondagi Investitsiyaviy bahslarni hal qilish xalqaro markaziga ko‘tarilgan. Qirg‘iziston hukumatiga ikki mamlakat o‘rtasidagi (O‘zbekiston va Qirg‘iziston) 1996 yil 25 dekabrdagi ikki tomonlama investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish to‘g‘risidagi kelishuvni buzish aybi qo‘yilgan. Shuningdek, 2019 yil 1 may kuni Xalqaro arbitraj o‘zbekistonlik investorlar foydasiga qaror chiqargan edi.

Shunga qaramay, qirg‘iz tarafi ushbu pansionatlarni sotishga harakat qilsa, pansionat egalari hisoblangan o‘zbekistonlik investorlar o‘z pozitsiyalarini xalqaro huquq va kelishuvlar, shuningdek Xalqaro arbitraj yordamida himoya qilishini ma’lum qildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан