Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qirg‘iziston. “Men qonuniy prezidentman” – Sooronbay Jeenbekov
7.10.2020 11:22,  
1807

Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov mamlakatda bo‘layotgan voqealar uning iste’fosiga qaratilgan deb hisoblaydi. Bu haqda arbob Bi-bi-si qirg‘iz xizmatiga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deb xabar qiladi Akipress.

"Men ilgari, murojaat qilganimda, voqealarga o‘z bahomni bergan edim. Yana takrorlayman: buni hokimiyatni noqonuniy bosib olish deb bilaman. Kechagi voqealar ko‘rsatib turibdiki, miting va norozilik harakatlariga borganlarning maqsadi nafaqat saylov natijalarini bekor qilish, balki vaziyatni beqarorlashtirishdir. mamlakatda buni ko‘rish mumkin.

Bugun ayon bo‘ldiki, oxir-oqibat barchasi menga lavozimni tark etishga qaratilgan. Hammamiz ko‘rib turganimizdek, ular nafaqat saylov natijalariga qarshi chiqishmoqda ... Ertalabdan biz mamlakatda ikki marta sodir bo‘lgan voqeani boshdan kechiryapmiz (prezident mamlakatda avval bo‘lgan inqiloblarni nazarda tutdi – Sof.uz). Biz bunga yana qaytdik. Men barcha tomonlarni bunga chek qo‘yishga chaqiraman ", - dedi Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov.

Shuningdek, arbob o‘zini mamlakatning qonuniy prezidenti ekanligini ta’kidladi.

"Men qonuniy prezidentman va qonuniy prezident sifatida katta rolim bor. Men ularni birlashtirishim kerak va ularning har biri bilan muzokaralar olib borishga tayyor bo‘lishim kerak. Bu mening burchim. Men tayyorman", - dedi u, muzokara stoliga o‘tiradimi degan savolga javob berib.

"Men vaziyatdan xavotirdaman. Bunday bo‘lmasligi kerak edi, lekin shunday bo‘ldi. Bularning barchasidan chiqishimiz kerak. Mening asosiy rolim barchani birlashtirishdir", - deydi prezident.

Avvalroq, Sooronbay Jeenbekov Bishkekdagi tartibsizliklar ortidan bayonot berib, namoyishchilar Oq uyni egallab olishgan edi.

"Men barcha vatandoshlarimni tinchlikni saqlashga va provokatsion kuchlarning chaqiriqlariga berilmaslikka chaqiraman. Mamlakatimiz tinchligi va jamiyatimiz xavfsizligi eng muhimi. Men barcha kuchlarni mamlakat taqdirini siyosiy ambitsiyalardan ustun qo‘yishga va huquqiy maydonga qaytishga chaqiraman", - degan edi janob Jeenbekov.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан