Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qirg‘iziston muftiysi Sirdaryodagi ofatda jabrlanganlarga hamdardlik bildirdi
7.05.2020 11:17,  
150

Qirg‘iziston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Maksadbek Toktamushev janoblari O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlariga Sirdaryo viloyatida yuz bergan favqulodda holatda jabrlanganlarga hamdardlik bildirdi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmatining xabar berishicha, muftiy hazrat telefon qilib o‘z qo‘llab-quvvatlovi va hamdardligini bildirgan.

Unda jumladan shunday deyiladi:

Muborak Ramazon oyida O‘zbekiston aholisi, xususan, sirdaryoliklar boshiga tushgan musibat Alloh taoloning bir sinovidir. Qardosh xalqning ushbu tashvishlarga qilgan sabrlari uchun Janobi Haq taolo ulkan ajr-savoblar bitsin. Ushbu ofat oqibatlari tez orada arisin.

Biz qardosh o‘zbek xalqi bilan azal-azaldan bir daryodan suv ichib, o‘zaro quda-anda bo‘lib, et bilan tirnoqdek yaqin bo‘lib yashaganmiz. Quvonchli kunlarda ham, sinovli damlarda ham hamisha bir-birimizga yelkadosh bo‘lib, qo‘llab-quvvatlab kelganmiz.

Alloh taoloning madadi ila bu og‘irliklarni ham o‘zbek xalqi o‘zaro hamjihatlikda bir tan-u bir jon bo‘lib, albatta, yengib o‘tadi. Alloh taolo xalqlarimizni turli ofat-balolardan asrasin”, degan muftiy Maksadbek Toktamushev janoblari o‘zaro muloqotda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан