Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qirg‘iziston O‘zbekistondan elektr energiyasini import qilmoqchi
1.03.2021 19:39,  
170

Qirg‘iziston O‘zbekiston va Qozog‘istondan elektr energiyasini import qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda mamlakat prezidenti Sadir Japarov ma’lum qildi.

“Biz Qozog‘iston va O‘zbekistondan elektr energiyasini import qilish masalasini ko‘rib chiqyapmiz”, - dedi u “Kazinform” XAAga bergan intervyusida. Intervyu matni davlat rahbarining rasmiy saytida chop qilingan.

Japarov hozir dunyoda suv tanqisligi mavjudligi va shunga o‘xshash muammolar Qirg‘izistonni ham chetlab o‘tmasligini ta’kidladi.

 
“Ta’kidlash joizki, Toktogul suv omborimizdagi vaziyat hozirgidek rivojlansa, u halokatga olib keladigan ahvolga keladi”, - deya istisno qilmadi u.

“Qozog‘iston Respublikasi mamlakatimizga 0,9-1 milliard kVt elektr energiyasini eksport qilishga tayyorligi haqida xabardor qildi. Biz o‘z navbatida O‘zbekiston bilan ham muzokaralar olib bormoqdamiz”, - deydi Japarov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, agar Qirg‘iziston yetkazib berishni tashqaridan ta’minlamasa, respublika bu masalani mustaqil hal qilishiga to‘g‘ri keladi, “biroq buning natijasida vegatatsion paytda hech kimga suv yetmaydi”.

“Va natijada Toktogul suv omboridagi suv sathi pasayadi. Shu bois Qozog‘iston va O‘zbekistondan energiyani import qilishimiz darkor”, - deya tushuntirdi Qirg‘iziston yetakchisi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан