Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qirg‘iziston parlamenti yangi Bosh vazir nomzodi tasdiqladi
17.06.2020 13:29,  
200

Qirg‘iziston Yuqori Kengashi Kubatbek Boronov nomzodini hukumat rahbari lavozimiga tasdiqladi. Bu haqda mamlakat parlamenti matbuot xizmatiga tayanib RIA Novosti xabar bermoqda.

"Parlament mutloq ko‘pchilikning ovozi bilan Kubatbek Boronov nomzodini mamlakat Bosh vaziri lavozimiga tasdiqladi", - deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Boronovdan avvalgi Bosh vazir Muxammedkaliy Abilgaziyev radiochastotalarni sotish bilan bog‘liq mojaro sababli iste’foga chiqqan edi.

2018 yildan beri ushbu lavozimda ishlab kelayotgan Abilgaziyev “Noaniq vaziyat Hukumatning to‘laqonli faoliyat yuritishiga to‘sqinlik qiladi. Shu nuqtai nazardan men Qirg‘iziston Bosh vaziri lavozimi majburiyatlarini zimmamdan soqit qilishim zarur, degan qarorga keldim", - deya bayonot bergan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан