Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qirg‘iziston qo‘shnilarini kutilayotgan suv tanqisligidan ogohlantirdi
2.11.2021 16:27,  
284

Qirg‘izistondagi Toqtogul suv omborining suv sathi “o‘lik chegara” darajasigacha tushishi ehtimoli bor. Bu haqda Qirg‘iziston energetika va sanoat vaziri o‘rinbosari Taalaybek Ibrayev ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan ushbu suv omborining sathi kamayishi mumkin.

“Bu holat mintaqada kelgusi yil vegetatsiya davrini muvaffaqiyatli o‘tishga imkon bermaydi va, o‘z-o‘zida ma’lumki, Toqtogul suv omboriga tutash daryolar oqib o‘tadigan qo‘shni mamlakatlarga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatadi”, - dedi u Bishkekdagi energetikaga oid yig‘ilishdi.

Qirg‘istonlik amaldor vaziyatni o‘nglash uchun mamlakat elektr energetika tizimiga qo‘shni davlatlardan yordam olish zaruriyati mavjudligini qayd etdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан