Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qirg‘iziston Rossiya tarkibiga qo‘shilish imkoniyatlarini muhokama qilyaptimi?
17.09.2020 14:45,  
2386

Qirg‘izistonning Rossiya Federatsiyasidagi sobiq elchisi Raimqul Attakurov Pravda.ru portaliga bergan intervyusida "Qirg‘iziston Rossiyaga qo‘shilish imkoniyatlarini muhokama qilmoqda", dedi. Uning bu gaplari ijtimoiy tarmoqlarda va Internetning qirg‘iz segmentida faol muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Shu munosabat bilan Moskvadagi Qirg‘iziston elchixonasi matbuot xizmati janob Attakulovning so‘zlariga munosabat bildirdi. Bu haqda AKIpress xabar bermoqda.

Elchixona bunday bayonotlar uchun jiddiy asoslar yo‘q deb hisoblaydi. Diplomatik vakolatxona Attakurov Rossiya fuqarosi ekanligini (Raimqul Attakurov hozirda Rossiya fuqarosi, Moskvadagi qirg‘iz diasporasi raisi – sof.uz) va shaxsiy shaxs sifatida shaxsiy fikrini bildirgan.

Elchixona Qirg‘izistonning rasmiy pozitsiyasini ham taqdim etdi:

Qirg‘iziston mustaqil, suveren davlat bo‘lib, xalqaro huquq sub’yekti va xalqaro munosabatlarning to‘la ishtirokchisi hisoblanadi.

Qirg‘iziston Respublikasining Konstitutsiyasiga binoan rus tili Qirg‘iziston Respublikasida davlat tili emas, rasmiy tildir.

"Shuni ta’kidlash kerakki, Qirg‘iziston rahbariyati davlatimizning suvereniteti, hududiy yaxlitligini himoya qilish va milliy manfaatlarni himoya qilish yo‘lida qat’iy yo‘l tutmoqda. Shu bilan birga, Qirg‘iziston-Rossiya davlatlararo munosabatlari o‘zaro hurmat, o‘zaro anglashuv va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash ruhida jadal rivojlanib bormoqda. Xalqlarimizni yagona tarix va Yevrosiyo ma’naviyati, qadriyatlari birlashtiradi. Qirg‘iziston va Rossiya ishonchli ittifoqchilar va strategik sheriklardir ", - deyiladi Qirg‘iziston elchixonasi bayonotida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан