Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qirg‘iziston Sardobadagi falokatdan zarar ko‘rganlarga insonparvarlik yordami yubordi (foto)
11.05.2020 13:26,  
596

Qirg‘iziston hukumati Sardoba suv ombori qisman o‘pirilishi natijasida zarar ko‘rgan aholiga insonparvarlik yordami yubordi. Bu haqda Sof.uzʼga Yangiyer shahar hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Yangiyer shahar hokimligi

Insonparvarlik yordami ortilgan poyezd Qirg‘iziston Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi I.Junusov va Qirg‘iziston Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha vazirligining vakili kuzatuvi ostida Yangiyer shahrining “Yangi-Yangiyer” temiryo‘l stansiyasiga yetib keldi.

Foto: Yangiyer shahar hokimligi

Bu yerda delegatsiyani viloyat hokimi G‘.Mirzayev boshchiligidagi mas’ullar kutib oldilar. Mazkur insonparvarlik yordamida 1000 tonna sement, 100 tonna guruch va 10 tonna o‘simlik yog‘i o‘rin olgan.

Foto: Yangiyer shahar hokimligi
Foto: Yangiyer shahar hokimligi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан