Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayevga hokimiyatni kuch bilan egallashga urinish ayblovi e’lon qilindi
15.09.2021 21:46,  
260

Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayevga 2020 yilning oktyabr oyida hokimiyatni kuch bilan egallab olishga urinish va ommaviy tartibsizliklarni tashkillashtirish ayblovlari e’lon qilindi. Bu haqda uning advokati Sergey Slesarevga tayanib, «Kommersant’» xabar berdi. Atambayev o‘tgan yilning oktyabridan buyon hibsda saqlanmoqda.

«Atambayevga o‘tgan yilning oktyabr oyi boshlarida poytaxtda yuz bergan ommaviy tartibsizliklarni uyushtirishda va hokimiyatni zo‘rlik bilan egallab olishga urinishda gumon qilingani to‘g‘risida xabarnoma topshirildi», — dedi advokat. Himoyachining ta’kidlashicha, tartibsizlikning birinchi kunlarida sobiq prezident hibsda edi va jismonan olib qaraganda ularni uyushtirishda qatnasha olmasdi.

Ushbu ish bo‘yicha prezident ma’muriyatining sobiq rahbari Farid Niyozov, sobiq prezident qo‘riqchisi Kanat Sagimboev va ichki ishlar vazirining sobiq o‘rinbosari Kursan Asanov ham qatnashmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан