Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qirg‘iziston sobiq prezidenti So‘ronboy Jeenbekov «Qumtor» ishi bo‘yicha so‘roq qilindi
13.08.2021 21:57,  
205

Qirg‘iziston sobiq prezidenti So‘ronboy Jeenbekov Qumtor konini qazish bo‘yicha loyihadagi korrupsiya holatlari yuzasidan so‘roq qilindi. Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (MXDQ) ma’lum qilishicha, Jeenbekov so‘roqqa guvoh sifatida chaqirilgan.

«Jeenbekov bilan tergov harakatlari davom etadi. Olib borilgan tergov natijalariga ko‘ra aybdor deb topilgan jinoyat ishi ishtirokchilarining barchasiga egallab turgan lavozimi, xizmatlari va orden-nishonlaridan qat’i nazar, xolisona yuridik baho beriladi», — deya ma’lum qilishdi MXDQdan.

Avvalroq qo‘mita «Qumtor» loyihasi ishi bo‘yicha Idoralararo tergov guruhi 2017 yilda ushbu loyiha bo‘yicha strategik bitim tuzilishi bilan bog‘liq voqealarni tergov qilishning faol bosqichini boshlagan edi.

Sobiq prezidentning ukasi, Jogorku Kenesh deputati Asilbek Jeenbekov avvalroq «Qumtor» ishi bo‘yicha qo‘lga olingan bo‘lib, ayni paytda MXDQ izolyatorida saqlanmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан