Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi xodimi koronavirusga qarshi emlangandan so‘ng vafot etdi
2.04.2021 22:46,  
596

Kecha, 1 aprel kuni Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi Konsullik xizmati departamenti direktorining o‘rinbosari Baxtiyor Shakirov vafot etdi. Bu haqda 24.kg sayti  Qirg‘izistonning Rossiyadagi elchixonasi matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.  Xabarda o‘lim sababi hali noma’lum ekanligi aytilgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligining sobiq matbuot kotibi Elena Bayalinova Feysbukdagi sahifasida xabar tarqatishicha, 2-aprel kuni 39 yoshli marhumning qarindoshlari  uni "COVID-19" ga qarshi emlanganini ma’lum qilishgan. Tashqi ishlar vazirligi Konsullik xizmati departamenti direktorining o‘rinbosari  "China Biotekshnology Go LTD" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan "SinoPfarm" vaksinasini qabul qilgan. Ushbu vaksinadan 19 mart kuni Qirg‘iziston Respublikasiga 150 ming dozada kelgan. Aytilishicha, marhum Baxtiyor Shakirov Moskvaga malaka oshirish kurslarida o‘qishga ketmoqchi bo‘lgani uchun o‘zini himoyalash maqsadida emlash jarayonidan o‘tishga qaror qilgan.

 Elena Bayalinova sodir bo‘lgan voqeadan so‘ng Qirg‘iziston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi emlash jarayonida reaksiyalar va asoratlar tufayli yangi yo‘qotishlarni oldini olish uchun xizmat tekshiruvi o‘tkazishi va uning natijalari haqida hisobot berishlari lozimligini ta’kidlagan. Mamlakat shifokorlari ushbu holatni hisobga olishlari va fuqarolarni diqqat bilan emlash oldi nazoratidan o‘tkazishlari kerakligini uqtirgan.

Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy rivojlanish vazirligi hodisa haqida hozircha izoh bermagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан