Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida vaziyat qanday?
28.01.2022 08:35,  
218

Qirg‘iziston va Tojikiston chegarada o‘t ochishni to‘xtatish va har tomondan qo‘shimcha bo‘linmalarni doimiy joylashtirish joylariga olib chiqishga kelishib oldi.

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegara xizmati Tojikiston bilan erishilgan kelishuvlar haqida ma’lum qildi:

- to‘liq o‘t ochishni to‘xtatish;

- har bir Tomon chegaraga, doimiy joylashtirish joylariga jalb qilingan qo‘shimcha kuch va vositalarni olib chiqish to‘g‘risida;

- Botken-Isfana avtomobil yo‘lida harakatlanishni ochish to‘g‘risida;

- mojarolarning oldini olish maqsadida Qirg‘iziston va Tojikiston huquq-tartibot idoralari xodimlarining chegara hududlarida birgalikda patrullik qilish to‘g‘risida.

Voqea boshlangan Tort-Kocho hududiga ikki davlat delegatsiyalari yetib keldi. Botken-Isfana avtomobil yo‘lida transport harakati to‘siqsiz amalga oshirilmoqda.

Ayni paytda to‘qnashuvda 11 qirg‘izistonlik yaralangani ma’lum qilingan. Tojikiston tomonidan 17 kishi jarohatlangan, bir kishi halok bo‘lgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан