Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qirg‘iziston xalqaro to‘lov tizimidan uzildi
8.10.2020 12:55,  
215

Qirg‘iziston Milliy banki 7 oktyabrdan boshlab transchegaraviy to‘lovlarni amalga oshirishga imkon beradigan milliy va xalqaro to‘lov tizimlarining faoliyatini to‘xtatdi.

Regulyator bayonotida ta’kidlanishicha, bu "moliya-bank sektori xavfsizligini ta’minlash maqsadida" va "mamlakatda siyosiy vaziyat barqarorlashguncha" amalga oshirildi. Bank vakili Aida Qoraboyevaning aytishicha, Qirg‘izistondan kapital chiqib ketishining oldini olish uchun SWIFT tizimi to‘xtatilgan.

Shu bilan birga, "Elkard" milliy tizimida bank kartalari, elektron hamyonlar, mobil ilova va QR kodlari yordamida naqdsiz to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati saqlanib qolmoqda.

Bir kun oldin Qirg‘izistonda barcha bankomatlar o‘chirilgan va ulardan talon-taroj qilish holatlarini oldini olish uchun pullar olib qo‘yilgan.

5 oktyabr kuni Bishkekda parlament saylovlari natijalariga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Mitinglarning tarqalishi natijasida bir necha yuz kishi jarohat oldi, bir kishi halok bo‘ldi. Keyinchalik namoyishchilar shahar hokimligi, hukumat, parlament va prezident ma’muriyati binolarini egallab olishdi. Ertasi kuni MSK parlament saylovlari natijalarini bekor deb e’lon qildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан